Yangiliklar tasmasi

Lomberts «Arsenal»ga o‘tishi mumkin


Muharrir: / Ko'rildi: 1722 marta
«Zenit»ning belgiyalik himoyachisi Londonning «Arsenal» jamoasi safiga kelib qo‘shilishi mumkin. Bu haqda futbolchining agenti Santush Verxulst ma’lum qilgan.
Ushbu futbolchi Per Mertesaker jarohat olgach markaziy himoyachi izlayotgan londonliklar olishi mumkin futbolchilar ro‘yxatiga kirgan.
«Ha, «Arsenal» Lombertsga qiziqayotgani bor gap. Lekin u hali "short-list"da emas. Arsen Venger shaxsan o‘zi aloqaga chiqmadi. Lekin klub vakillaridan biri bilan gaplashdik. Hozircha Niko qaror qabul qilishga shoshilayotgani yo‘q. Barchasini «Zenit» rahbariyati bilan muhokama etish kerak bo‘ladi. London - Belgiyadan uzoq emas, poezdda 1 soatlik yo‘l.
O‘zim mijozim Londonda o‘ynashini istagan bo‘larmidim? Kutish kerak», deya agentning so‘zlarini keltirgan "Sport den za dnyom" nashri.
Izoh qoldirish
O'z fikringizni yozib qoldirish uchun profilingizga kiring yoki ro'yxatdan o'ting!

© 2016 - 2024 Fc-arsenal.uz
Контакты