Yangiliklar tasmasi

Venger: «Bu Oksleyd-Chemberlen uchun juda muhim mavsum bo‘ladi»


Muharrir: / Ko'rildi: 1272 marta
«Arsenal» bosh murabbiyi Arsen Venger bo‘lajak mavsumning jamoa yarim himoyachisi Aleks Oksleyd-Chemberlen uchun muhim ekanini qayd etib o‘tdi.

«Bu — Oksleyd-Chemberlen uchun juda muhim mavsum bo‘ladi. U juda uzoq vaqt davomida maydondan tashqarida qolib ketdi. Uni ko‘pdan beri jarohatlar ta’qib qilyapti, aynan shu sabab bilan Evro-2016ni ham o‘tkazib yubordi: agar to‘la sog‘lom bo‘lganida, albatta Angliya tarkibidan o‘rin olgan bo‘lardi», — dedi murabbiy.

«Shu sabab, men uni juda ehtiyot qilaman: dastlabki davrda Aleks 45 daqiqadan o‘ynaydi, keyinroq o‘yin vaqtini bir soatga, yana keyinroq 70 daqiqagacha oshiramiz. Umid qilamanki, Angliya chempionati startigacha u to‘liq o‘ynashga tayyor bo‘lib qoladi», — deya qo‘shimcha qildi Arsen Venger.
Izoh qoldirish
O'z fikringizni yozib qoldirish uchun profilingizga kiring yoki ro'yxatdan o'ting!

© 2016 - 2024 Fc-arsenal.uz
Контакты