Yangiliklar tasmasi

«Valensiya» «Arsenal»ning Mustafi bo‘yicha birinchi taklifini rad etdi


Muharrir: / Ko'rildi: 2036 marta
«Arsenal» «Valensiya»ga germaniyalik himoyachi Shkodran Mustafini transfer qilish borasida rasman taklif jo‘natgan.
Ispaniyadagi Plaza Deportiva nashri xabariga ko‘ra, londonliklar futbolchi uchun 18 million evro taklif qilishgan. Valensiyaliklar esa birinchi taklifni rad etib, Mustafining sotuvidan 25-30 million evro foyda ko‘rishni mo‘ljallashayotgani haqida bildirishgan.
Mustafining o‘zi «Arsenal»ga o‘tish va APL yoki Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonishni istamoqda.
Bundan oldinroq, «Arsenal» asosiy himoyachilaridan biri Per Mertazaker jarohat olgani sabab, Mustafini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi ekani haqida xabar berilgandi.
Izoh qoldirish
O'z fikringizni yozib qoldirish uchun profilingizga kiring yoki ro'yxatdan o'ting!

© 2016 - 2024 Fc-arsenal.uz
Контакты