Yangiliklar tasmasi

Mesut O‘zil: AQShda to‘p surishim mumkin, menga Los-Anjeles yoqadi


Muharrir: / Ko'rildi: 1251 marta
«Arsenal» yarim himoyachisi Mesut O‘zil AQSh chempionatida to‘p surish imkoniyatini rad etmadi. Ammo shu bilan birga yaqin vaqtlar ichida «Arsenal» bilan yangi shartnoma imzolashini ham ta’kidlagan

- Menda 2018 yilga qadar davom etadigan shartnoma bor. «Arsenal» bilan muzokara olib bordik, biroq Evropa chempionati oldidan to‘xtatdik. Chunki men bor e’tiborimni milliy terma jamoaga qaratgan edim. Endi suhbatni yana boshlaymiz.

Futbolda hech qachon degan gap bo‘lmaydi. Hech narsani oldindan aytib bo‘lmaydi. Men Germaniyada yaxshi kunlarni o‘tkazdim. Shuningdek AQShda to‘p surishim ham mumkin. Muxlislarim yaxshi bilishadi, men Los-Anjelesda vaqtimni o‘tkazishni yaxshi ko‘raman. Bu shahar menga ilhom bag‘ishlaydi, - deydi O‘zil.
Izoh qoldirish
O'z fikringizni yozib qoldirish uchun profilingizga kiring yoki ro'yxatdan o'ting!

© 2016 - 2024 Fc-arsenal.uz
Контакты