Yangiliklar tasmasi

Zlatan Ibrahimovich: Men Angliyaga ikki marta kelishim mumkin edi - «Manchester Siti» va «Arsenal»ga


Muharrir: / Ko'rildi: 1335 marta
«Manchester Yunayted» hujumchisi Zlatan Ibrahimovich Angliya chempionatida avvalroq ikki marta o‘ynash imkoniga ega bo‘lganini aytib o‘tdi.

- Men shu vaqtga qadar Angliyaga ikki marta kelishim mumkin edi. Bir safar «Manchester Siti»ga, ikkinchisida esa «Arsenal»ga. Ammo bu amalga oshmay qoldi va Premer ligada o‘ynamasligim ham mumkin edi.

Ammo Mourino - haqiqiy motivator. U g‘alaba qozonish uchun nima qilish lozimligini juda yaxshi biladi. Men «Inter»da undan juda ko‘p narsalar o‘rganganman.

Mourinoning qo‘l ostida o‘ynashni kim ham istamasdi? - deydi Ibrahimovich
Izoh qoldirish
O'z fikringizni yozib qoldirish uchun profilingizga kiring yoki ro'yxatdan o'ting!

© 2016 - 2024 Fc-arsenal.uz
Контакты