Yangiliklar tasmasi

«Arsenal» Lyakazett va Mustafini olish uchun 70 mln funtdan ortiq mablag‘ sarflashga tayyor


Muharrir: / Ko'rildi: 1319 marta
«Arsenal» yozgi transferlar vaqtida tarkibni kuchaytirishni maqsad qilgan.
The Times nashri xabariga ko‘ra, londonliklar jamoasi «Lion» hujumchisi Aleksandr Lyakazett va «Valensiya» himoyachisi Shkodran Mustafini tarkibga qo‘shib olish uchun jiddiy harakat qilmoqda.
Jamoa menejmenti ushbu futbolchilarning transferi uchun 70 million funtdan ortiq mablag‘ sarflashga tayyorligi aytilgan.
Bu transferlar amalga oshsa, shu vaqtgacha xarid qilingan Granit Chaka, Takuma Asano va Rob Holdinglar uchun sarflangan pullar bilan qo‘shib hisoblaganda «Arsenal»ning yozgi transferlar uchun 100 mln funtdan ortiq mablag‘ sarflangan bo‘ladi.
Izoh qoldirish
O'z fikringizni yozib qoldirish uchun profilingizga kiring yoki ro'yxatdan o'ting!

© 2016 - 2024 Fc-arsenal.uz
Контакты