Yangiliklar tasmasi

Olive Jiru: Mussa Sissokoni «Arsenal»ga o‘tishga ko‘ndira olmadim


Muharrir: / Ko'rildi: 1202 marta
"Arsenal" klubi hujumchisi Olive Jiru Frantsiya terma jamoasi yarim himoyachisi Mussa Sissokoni o‘z klubiga o‘tishga ko‘ndirishga urinib ko‘rgani haqida gapirib berdi.

Ammo yakunda Sissoko Londonning boshqa klubi - "Tottenxem"ni tanlagan edi.

"Men uni "Arsenal"ga o‘tishga ko‘ndirishga rosa urinib ko‘rdim. Bu men uchun muhim edi va Mussa oxiriga qadar qanday qaror qabul qilishga ikkilanib turdi. Ammo yakunda "Tottenxem"ni tanladi.

Bu uning uchun yaxshi qaror. Sissoko uchun avgust oyi juda uzoq davom etdi va barchasi bunday yakun topgani baribir yaxshi holat.

"Tottenxem" - ajoyib klub. Biz barchamiz Sissoko Evropa chempionatidan so‘ng Angliyaga kelishini juda istagan edik.

"Tottenxem" bu yil Angliya chempionatida sovrinlar uchun kurashadi, ammo umid qilamanki bizga qarshi kechadigan bahslarda ular eng yaxshi o‘yinlarini namoyish eta olmaydilar", - deydi Jiru.
Izoh qoldirish
O'z fikringizni yozib qoldirish uchun profilingizga kiring yoki ro'yxatdan o'ting!

© 2016 - 2024 Fc-arsenal.uz
Контакты