Yangiliklar tasmasi

Retro: "Mening "Arsenalim" yohud dildagi gaplar" (maqola 17.04.2018da yozilgan)


Muharrir: / Ko'rildi: 14773 marta
"Arsenal", sen futbolni shu qadar nozik did ila o'ynaysanki, go'zallikka oshufta qalblar bor-ki sening o'yining, sening ijroingdagi san'at asarini befarq tomosha qila olmaydi. Sening o'yiningda go'zallik ham, aniq xisob-kitoblarga tayangan taktika ham bor. Kimlar bir xil uslubda kimlar ikki xil uslubda o'ynaydi, sen esa anashu ikkalasini uyg'unlashtirib o'zgacha, faqat o'zinggagina xos bo'lgan o'yin uslubini yaratgansan-ki bunaqa futbolni sendan boshqasi o'ynay olmaydi.
Sening o'yiningdan andoza olib "Barselona" o'sha mashxur tika-takani ishlab chiqdi va dunyo futbolini nimalar qilib tashlaganini ko'rding. "Real"ning qarshi xujumga o'ta tezkor va shiddat bilan o'tishini ko'rib har gal seni eslayveraman, axir senda bor edi-da bunaqa tezlik. Men faqat ikki mashxur klubnigina misol keltirdim, bu ro'yxatni uzoq davom ettirsam kimlarningdir tomi ketib qoladi "Yo'g'e-e? Shu "Arsenalmi"? deb".
[Rasm o'chirilgan.]
Bilasanmi sen doim zamonaviy futbol tamadduniga tamal toshini qo'yib kelgansan, birgina misol o'sha 4-4-2 sxemasida birinchi bo'lib o'ynagan xam sen eding, Evropasi tugul dunyo futboli sendan o'rgangan bunaqa taktik sxemalarni. Ammo bugungi ahvoling meni-da, o'zingni-da ajablantirib qo'ydi. O'zingga o'zing hayronlar boqib turibsan "Naxotki yaqin o'tmishda butun mavsumni mag'lubiyatsiz otkazib chempion bo'lgan menmidim" deb.
[Rasm o'chirilgan.]
Kimlardir "Bu yil APLda kim chempion bo'lishini bilmadim-u lekin 4-o'rinni aniq "Arsenal" oladi" deb piching qilsa g'ashimiz kelardi, bugun esa o'ylab qolaman "Nahot o'sha kunlar baxtli kunlarimiz bo'lgan bo'lsa" deb. 4-o'ringa qarab kuylagilarim kelib ketadi:

"Qaniydi sen bilan o'tgan. O'shal damlar, o'shal damlar.

Faqat qolganga o'xshaydi. Bu damlarda alam g'amlar".
"Arsenal" bilasanmi men baribir sendan kecholmayman, nechanchi o'rinni olsang ham. Buni o'zing ham bilasan. Shuning uchun ham sendan so'nggi talab shuki Yevropa ligasida zafar quchgin. APLni o'ylama, transferlarni ham, yozda kimlar o'ynashini-yu, qancha foyda-zarar ko'rganingni ham, xatto bosh murabbiy masalasini ham bir chetga qo'yda, Yevvropa ligasini o'yla.
[Rasm o'chirilgan.]
Zero nima bo'lganda ham keyingi mavsum chempionlar ligasida o'ynashing shart. Ha chempionlar bilar bir safda turishing shart "Arsenal"!!!
Izoh qoldirish
O'z fikringizni yozib qoldirish uchun profilingizga kiring yoki ro'yxatdan o'ting!
Fikrlar

 Halilov Shaxzod (402)
Samarqand viloyati (17.01)

maqolaga gap yuq

 Эштурдиев Дилшод (9951)
Samarqand viloyati (17.01)

Рахмат админ!

 Muhriddin (2123)
Toshkent viloyati (17.01)

Арсенал бу бизнинг жамоамиз

 Azizbek (5377)
Qoraqalpog'iston Respublikasi (17.01)

O'sha shonli o'tmishni eslatib turadigan faqat 2 narsa qolgan hozir
1) Arsenal degan nom
2) Hayberidan kelgan soat

 I'M ARSENAL fan sinc (165)
Andijon viloyati (18.04)

Rostdan ham dildagi gaplar bolibti

 Ula Ru (1290)
Toshkent shahri (17.04)

Maqolaga gap yo oka raxmat
P

 Profil o'chirilgan (5322)
Qashqadaryo viloyati (17.04)

Do'stlar nasib etsa biz kutgan kunlar ham keladi

 Ozodbek (735)
Xorazm viloyati (17.04)

Maqola yoqqan bo'lsa xursandman! Biz bir jamoamiz. Olg'a "Arsenal"!
F

 F-S (3737)
Toshkent shahri (17.04)

Классный гаплар

 KARIMOV MARUFJON (9185)
Andijon viloyati (17.04)

Olg'a arsenalim

 KARIMOV MARUFJON (9185)
Andijon viloyati (17.04)

YLgasi biziki

 KARIMOV MARUFJON (9185)
Andijon viloyati (17.04)


 KARIMOV MARUFJON (9185)
Andijon viloyati (17.04)

E gap yo'q ajoyib

 Nurmuhammad (150)
Toshkent shahri (17.04)

Gap yoq zor chqibdi. Bza nima bolishidan qatiy nazar arsenal bn birgamz va YeL chempioniyam bolamz xudoxolasa

 North London (5240)
Navoiy viloyati (17.04)

Shu mavsum yevropa ligasini yutsakkina mavsum omadsiz tugamagan bo'ladi

 #Terri Anri# (4280)
Sirdaryo viloyati (17.04)

Hudo hohlasa Arsenal YL ni oladi va keyingi mavsumda YCHL da o‘ynaydi

 #Terri Anri# (4280)
Sirdaryo viloyati (17.04)

Ozodbek
Maqolangiz zo‘r chiqibdi rahmat

 Sanchez (2269)
Xorazm viloyati (16.04)

Venger ham YL va CHL ni o'ylayaptimi deyman

© 2016 - 2024 Fc-arsenal.uz
Контакты