Yangiliklar tasmasi

Retro: "Ko'zlarimga qanday qaraysan" (20.04.2018da yozilgan maqola)


Muharrir: / Ko'rildi: 14803 marta
Bugunning mavzusi Arsen Venger bo'lib qoldi. Kimdir uni "Arsenal"da qolishini istaydi, kimdir "hurmatini joyiga qo'yib kuzataqolaylik endi" deydi, hatto "E, orqasiga bir tepaylik, yo'q bo'lib ketsin "Arsenal"dan" deguvchilar ham bor.
[Rasm o'chirilgan.]
To'g'ri, Arsen "Arsenal uchun ko'p ish qildi; dastlabki 10 mavsumda 11 sovrin yutdi, uefa kubogi va chempionlar ligasi finalida o'ynadi, 1997/1998 mavsumida oltin xet-trik qayd etdi va bu borada Angliyadagi ilk xorijlik murabbiyga aylandi
[Rasm o'chirilgan.]
3 marta premer liga chempionligi, ayniqsa jamoaning 2003/2004 mavsumni mag'lubiyatsiz o'tkazishi, qatorasiga 49 o'yinda yutqazmay "Arsenal"ning "yengilmaslar" deb atalashiga sabab bo'ldi. Ammo keyingi 11 yildachi (bu mavsumni xisoblamadik) 6ta sovrin uyam kubok va superkubok. Kamiga o'tgan yili 5-o'rin va chempionlar ligasidan quruq qoldi.
[Rasm o'chirilgan.]
Bu yil esa 6-o'rinda turibdi. Xo'sh, endi nima qilish kerak? Vengerning o'sha paytlardagi yorqin natijalari hurmati uni jamoada olib qolaverish kerakmi? Shundog'am 10 yildan oshibdi, xurmat bo'lsa shunchalik bo'lar!
[Rasm o'chirilgan.]
10 yildan oshibdi-ki "Arsenal" APLda chempion bo'lmadi, chempionlar ligasida asosiy favoritlar maqomida emas. Nima biz APLda yevrokuboklar uchun kurashadigan, chempionlar ligasida "guruxdan chiqish xam yaxshi natija" deydigan o'rtamiyona, boring ana o'rtamiyonadan sal balandroq klubmizmi?
[Rasm o'chirilgan.]
Axir biz APLda xam, ChLda xam chempionlikni istaymiz-ku. Nega unda chempion bo'lmayabmiz? Shu yerda bir savol tug'iladi: chempion bo'layotganlar kimlar va bu ishni qanday uddalayabdilar. Xa, javob oddiy: katta pullar evaziga, "Lester" bu alohida mavzu.
[Rasm o'chirilgan.]
"Arsenal" esa transferlarga ko'p pul sarflamaydi, 10 so'mga futbolchi sotib olsa 11 so'mlik sotadi. Xullas "Arsenal" siyosati shunday! Balki qaysidir boy klublar ertaga kambag'al bo'lib qolar-u lekin "Arsenal"da bunday bo'lmaydi. Buning asosiy sababchilaridan biri Arsen Venger. Boshqa klublarda murabbiy faqat natijaga javobgar, keladi, 3-4 yil ishlaydi, o'zi istagan futbolchilarni sotib oladi (pulini birov to'laydi) , natijaga erishadi (yoki erisholmaydi) va ketadi.
[Rasm o'chirilgan.]
Venger esa o'rtacha tarkib va o'rtacha mablag' bilan kuchli klubni shakllantirgan, bu klub relsga tushib olgan va bir xil tezlikda ketyabdi. Ayrimlarga o'xshab bir tezlashib, bir to'xtab qolmaydi, bir xil tempda ketaveradi. Bunday tezlikda bunchalik uzoq yurish uchun bundan ("Arsenal"nikidan) ko'proq pul sarflashyabdi boshqalar. Ishoning Vengerdan boshqasi bunday qilolmaydi. Ammo o'yin unitiladi, natija qoladi. "Arsenal"ning sifatli o'yini xam, barqaror iqtisodiy xolati xam natija bo'lmagach muxlislarga bir pul. Axir biz klubning pullarini sanash uchun muxlislik qilayotganimiz yo'q-ku. Sifatli o'yin, bu to'g'ri. Natija bo'lsayu o'yin rasvo bo'lsa, bu kimga kerak? Shaxsan menga kerakmas! Gvardiola va Mourinolar kuchli murabbiylar. Ular kuchli jamoalarda ishlaganlaganlar, xo'jayinlari transferlar uchun og'ziga siqqan pulni berganlar, ular esa natija yo'lida to'pni nazorat qilish deb xujumga o'tadigan paytda orqaga o'z ximoyachisi xatto darvozaboni bilan o'ynashdan xam qaytmaydi, jarima maydoni oldiga "avtobus" qo'yishdan xam uyalmaydi (bu murabbiylarni kamsitib yozmadim) to'g'ri bu futbol qoidalariga zid emas lekin o'yinda joziba yo'q! Xo'sh sizga kerakmi shunaqa chempionlik? Menga kerakmas! Men futboldan lazzat olaman, zavq olaman, buni esa "Arsenal" va boshqalar beradi. Shu bois kim yaxshi o'ynasa shunga muxlislik qilaveraman. Ammo boshqalar xar doim yutishi mumkin-u lekin "Arsenal"dek xar doim xam yaxshi O'YNAY OLMAYDI! Eshitganmiz "Arsenal" xam 1970-1990 yillarda ximoyaviy, zerikarli o'yin ko'rsatgan deyishadi (tuf-tuf tarix takrorlanmasin-a). Arsen Venger esa shunday buyuk jamoa yaratdiki uning buyukligi natijalari bilan o'lchanmaydi. Arsen o'z "Arsenal"i bilan futbolga o'zgacha bezak berib turibdi, yangidan yangi g'oyalar berib turibdi. Siz "Arsenal"ni yoqtirmaydigan biror odamni ko'rganmisiz? Xa desangiz unda o'sha odamga "Ko'zlarimga qarab vijdonan ayt" deng-chi, aytolmaydi. Ammo hayot shunday ekan. Muhabbat va nafrat orasi bir qadam ekan. Bunga "Arsenal"ning yomon natijalari sabab, yomon natijaga esa bosh murabbiy javobgar. Venger "Arsenal"dan bunday ketmasligi kerak. Agar shunday ketadigan bo'lsa keyin bir-birimizning ko'zlarimizga qanday qaraymiz...
[Rasm o'chirilgan.]
Izoh qoldirish
O'z fikringizni yozib qoldirish uchun profilingizga kiring yoki ro'yxatdan o'ting!
Fikrlar
1 2 3 »
M

 Minion Kevin (9527)
Namangan viloyati (18.01)

Ko'zlarimga yoshlar kelib ketdi.

 Abdusamad (2590)
Samarqand viloyati (17.01)

Wengirdeki bitta dunyoda

 Ektor Belerin (314)
Surxondaryo viloyati (17.01)

arsen venger N.1

 Abbos (53)
Farg'ona viloyati (17.01)

Baribir Arsen Venger buyuk murabiy qays davirning Arsenalning eng yaqsh murabiy bölib qolad men uchun

 Halilov Shaxzod (402)
Samarqand viloyati (17.01)

men arsenalga umuman boshqacha muhlislik qilaman APL kim chipion bulsa bulsuni man seti bulmasa bulgani

 Эштурдиев Дилшод (9951)
Samarqand viloyati (17.01)

Арсенал тарихда 18 йил деганда АПЛни ютган екан 1973 1991

 A G N ... (57)
Toshkent viloyati (17.01)

Myu chempion bölmasa menga ham farqi yoq.faqat LIVERPOOL dan boshqa.

 A G N ... (57)
Toshkent viloyati (17.01)

Hafa bölmangu Emeri ham Arsenalga mos murabbiy emas,chammamda Arsenalga rahbariyatga sözini ötkaza oladigan murabbiy kerak.Altn-asr kechirasiz men Osiyo futboli men uchun qiziq ham emas.OSIYO KUBOGI ni ham deyarli körmayapman.sen turmaniston chempionati aytasan

 A G N ... (57)
Toshkent viloyati (17.01)

Ozodbek, men ham 2003 yildan beri myuga muhlislik qilaman,moyes hamda van gall davrida ham klubga sodiqligimcha qolganman.

 Ozodbek (735)
Xorazm viloyati (17.01)

"Liverpul"ga kelsak Klopp va Saloh bugun kelgan odamlar. Men Maykl Ouenlar o'ynagan davrlardan beri kuzataman o'yinlarini. Ularni bejizga "Robin Gud" deyishmasdi. Kechagina "Arsenal"ni yutganida ulardan ko'ra ashaddiy raqibim yo'q edi. Lekin raqibni hurmat qilish kerak, zo'rni zo'r deyish kerak. Toki Arsenal chempion bo'lmas ekan Liverpul chempion bo'lsin. Lekin men na liverpul, na MYUchilarni saytida yozmayman, deyarli kirmayman.

 Ozodbek (735)
Xorazm viloyati (17.01)

Sovrinlar kerakmas demadim. Faqat sovrin yutolmagandayam klubga sodiq qolish kerak dedim. Agar faqat sovringa qarab muxlis bo'lsang unda "Altyn asyr"ga muxlis bo'l 15 yildan beri Turkmanistan chempioni.

 A G N ... (57)
Toshkent viloyati (17.01)

Özbekiston vs Japan kim yutadi!

 A G N ... (57)
Toshkent viloyati (17.01)

Maqolaga lekin gap yöq! Lekin faqat bir taraflama fikr yuritish kerak.maqolada birxil fikrda sobitqadamlik bn söz yuritish kerak

 A G N ... (57)
Toshkent viloyati (17.01)

Zavq olish faqat chiroyli öyin bilan olinmaydi.sovrinlar bilan zavq olish bu umuman özgacha! Siz ham shunaqa zavq olib turing

 A G N ... (57)
Toshkent viloyati (17.01)

Yurgen Klopp liverpulda öyinni izga soldi,lekin umuman hali kubok yutganicha yöq.klublarni va murabbiylarni kuboglar buyuk va mashhur qiladi.

 A G N ... (57)
Toshkent viloyati (17.01)

Futbolda avvallo natija

 Ozodbek (735)
Xorazm viloyati (17.01)

AGN sizni bilmadimu men Gollandiya, "Liverpul" kabi jamoatlarning o'yinidan zavq olaman. Ular qachon chempion bo'lgandi? Men futbolga muhlisman. Sovrinlar ikkinchi o'rinda turadi men uchun. Aks holda "Arsenal"ni "Man siti"ga almashtirardim.

 Muhriddin (2123)
Toshkent viloyati (17.01)

У Арсенални афсонаси бўлиб қолади

 Muhriddin (2123)
Toshkent viloyati (17.01)

Арсен Венгер қилган ишларни бошқа мураббий такрорлай олмайди

 A G N ... (57)
Toshkent viloyati (17.01)

Maqolada bir xolat meni jalb etdi,futbolda öyin emas natija esda qoladi debsiz,lekin champion lik avtobus bn mi xujumkorlik bilanmi buni farqi nima? Muhimi natija! Futbolda natijalar qo'lga kiritilmasa u chinakamiga chiroyli öyin ham absurd bölib qoladi.

© 2016 - 2024 Fc-arsenal.uz
Контакты