Yangiliklar tasmasi

APLda eng ko'p maosh Sanchesda. Yevropadagi futbolchi va murabbiylarning maoshlar bo'yicha reytingi


Muharrir: / Ko'rildi: 5085 marta
Franciyaning Equipe nashri Yevropa klublari bosh murabbiylari va futbolchilarini maoshlar miqdori bo'yicha tasnifladi.Neymarning maoshi Mbappenikidan ikki barobar ko'pFranciyada eng ko'p haq oluvchi 10 futbolchidan 9 nafari «PSJ» azolaridir. Parijliklar klubi futbolchilari orasida esa Neymar oyiga 3,06 million evro oladi (qo'shimcha bonuslar ham bor). Soliqlar chiqarib tashlangan holatda, uning oylik maoshi miqdori 2,6 million evroni tashkil qiladi. Uning yillik maoshi miqdori soliqlar chiqarib tashlanganida 30 million evroga teng. Kilian Mbappening maoshi esaunikidan ancha kam: oyiga 1,7 million evro. U soliqlar chiqarib tashlangan holatda oyiga 1,4 million evro, yiliga 17 million evro oladi.«PSJ» futbolchilarining soliq harajatlarini qoplash uchun, «majburiy bonus»lar to'laydi.Yevropadagi eng ko'p maosh oluvchi 10 futbolchidan 5 nafari Ispaniya chempionatidaBular Koutino, Beyl, Suares, Grizmann va Messi. Qayd etish kerakki, Ispaniya – sayyoradagi soliq qonunchiligi eng murakkab davlatdir. Shu vaqtgacha bu erda Messi, Neymar, Ronaldu, Habi Alonso, Maskerano, Joze Mourino va boshqa ko'plab taniqli shahslar soliq bilan bog'liq muammolarga duch kelishgan. Ispaniyada futbolchilarning soliqqacha bo'lgan maoshlari miqdori yuqori, masalan,Neymarda bu 3,06 mln evroni tashkil qilsa, Grizmannda bu miqdor ko'proq. Ammo Neymar yiliga qo'lga 30 million evro olsa, Grizmann 24 million evro oladi. Shu tufayli, Lionel Messiga oyiga8,3 million evro miqdorida maosh olsada, aslida uning qo'liga tegadigan pul yiliga 50 million evroga teng bo'ladi. Taqqoslash uchun, Krishtianu Ronalduning «Yuventus»dagi oylik maoshi miqdori 4,7 million evroga teng. BuLionel Messining soliqqacha bo'lgan maoshidan ikki barobar kam, lekin u soliqlardagi farqlar tufayli yiliga 31 million evro oladi.APLda eng ko'p maosh O'zil va AleksisdaPol Pogba, Eden Azar, David de Hea, Kevin de Bryuyne, Serhio Aguero, Harri Keyn, Muhammad Saloh, Romelu Lukaku – ularning barchasi «Arsenal»da asosiy tarkibda o'ynamayotgan Mesut O'zil hamda «MYu»da asosiy tarkib futbolchisi sanalmaydigan AleksisSanchesdan kam maosh olishadi. Ozilhaftasiga 400 ming funt, Sanches esa500 ming funt miqdoridagi maosh bilan taminlangan. Pol Pogba haftasiga 290 ming, Aguero va Azar haftasiga 220 ming funtdan maosh oladi.Germaniyada Levandovski hammadanko'p pul ishlaydiPolshalik hujumchining oylik maoshi miqdori soliqqacha 1,3 million evro. Bu esa u Yevropada kuchli o'nlikdan tashqarida ekanini anglatadi. «Bavariya» - Yevropaning superklubi, ammo myunhenliklar transferlarda ham, futbolchilarning maoshlari borasida ham kamharj hisoblanishadi.«Atletiko» bosh murabbiyi «PSJ» bosh murabbiyidan 7 barobar ko'p oladiDiego Simeonening oylik maoshi miqdori soliqqacha bo'lgan holatda 3,3 million evroga teng. «PSJ» esa Tomas Tuhelga oyiga 420 ming evro to'laydi (soliqlar bilan qo'shib hisoblanganda). Nohaqlikdek ko'rinadi: bir tomonda dunyoning eng boy klublaridan biri, ikkinchi tomonda uncha boy bo'lmagan klub. Simeone rostan ham Tuheldan ko'p oylik oladi. Ammo barchasi tashqaridan ko'ringanidek emas.Birinchidan, Ispaniyada soliqlar yuqori. Bazida, daromadning 48 foizi soliqqa ketadi. Shu tufayli, Simeone qog'ozda yiliga 39 millionevro ko'rsatilgan bo'lsada, qo'lga 20 million evro oladi. Tuhelning maoshidan kamroq «ushlab qolishadi» va uning yillik maoshi miqdori 4 million evrodan ortiqroq bo'ladi. Bu holatda farq 7 emas, 5 baravar bo'ladi. Qolaversa, Parij klubida bosh murabbiy asosiy figura emas, «Atletiko»dagidan farqli ravishda.Gvardiola va Valverde: kim ko'proq ishlab oladi?Hosep Gvardiolaning oylik maoshi miqdori 1,9 million evro, Ernesto Valverdeniki esa 2 million evro. Lekin soliqlardagi farqlar hisobga olinsa, Gvardiola ancha ko'proq olishi malum bo'ladi. APLda ikkinchi yirik maosh - Pellegrinida«Vest Hem» yangi bosqichga chiqish uchun harakat olib bormoqda va pullarni ayamayapti. Manuel Pellegrini oyiga soliqlargacha bo'lgan holatda 950 ming evro oladi,bu esa Maurisio Pochettino, Unai Emeri, Maurisio Sarri va Yurgen Kloppnikidan ko'p. Bu murabbiylarning barchasi, «Napoli»da ishlayotgan Karlo Anchelottidan kamroq maosh oladi.
Izoh qoldirish
O'z fikringizni yozib qoldirish uchun profilingizga kiring yoki ro'yxatdan o'ting!
Fikrlar
M

 Minion Kevin (9527)
Namangan viloyati (11.02)

Robin van Persie, kamchilik hammada bor. Lekin parosat degan narsa hammada ham bo'lavermas ekan. Bu gaplarni NOZIMJONGA aytilmagan yana hafa bo'lib yurmasinlaru, gap egasini topadi. Bu gaplar ayrim ko'zi ko'r insonlarga tegishli.

 Эштурдиев Дилшод (9951)
Samarqand viloyati (11.02)

***NODIRBEK JAMES***, камчиликларни бирдан топасиз БРАВO!

 Azizbek (5377)
Qoraqalpog'iston Respublikasi (11.02)

Рахмат маьлумотлар учун
M

 Minion Kevin (9527)
Namangan viloyati (11.02)

Admin ona tilidan nechchiga o'qigansiz?

 #Terri Anri# (4280)
Sirdaryo viloyati (11.02)

Admin yangiliklar uchun rahmat

© 2016 - 2024 Fc-arsenal.uz
Контакты