Yangiliklar tasmasi

APL TVdan tushgan daromadlarni ko'rsatdi: Bu jadvalda PSJ va"Yuventus" "Brayton"dan pastda bo'lardi


Muharrir: / Ko'rildi: 5365 marta
Nega Angliya Premer-ligasi teleshartnomasidagi narh doimo o'sishini tushuntiramiz.Payshanba kuni APL ingliz klublari 2018/19 mavsumda televideniyadan qancha daromad olgani haqida malumot taqdim etdi. "Manchester Siti" chempion bo'lganiga qaramasdan TV-daromad bo'yicha birinchi o'rinni"Liverpul" egalladi. Chempionatning20ta vakilidan 19tasi 100 mln. funtdan ko'proq daromad topdi.


Nega chempion bo'lmagan"Liverpul" "Manchester Siti"dan yuqorida?Keling pullar qanday taqsimlanishi haqida tushunchaga ega bo'lib olamiz.1. Ichki televizion foydaning (Buyuk Britaniyadagi translyaciyalar) 50% 20ta jamoaga teng bo'lib beriladi.2. Ichki televizion foydaning 25% jamoalarning jadvaldagi o'rniga qarab taqsimlanadi. So'nggi o'rinni egallagan klub ("Haddersfild") 1,9 mln. funt oladi, undan tepada bo'lgan har bir o'rin egasiga 1,9 mln. funtdan qo'shilib boradi.


Chempion bo'lgan"Siti" bu ko'rsatkich bo'yicha 38 mln. funtdan ko'proq daromad oldi.3. Buyuk Britaniyadagi telehuquqlardan tushgan so'nggi 25% mablag' jonli efirda ko'rsatilgan o'yinlar soni bo'yicha bo'linadi. Har bir klubga 10ta shunday efir kafolatlangan. 10ta bahs uchun 12,199 mln. funt to'lanadi. Bu ko'rsatkichdan keyingi har bir uchrashuv uchun 1,119 mln. funtdan to'lab boriladi.4. APL telehuquqlari chet mamlakatgasotilishi va reklamalardan tushgan barcha mablag' teng taqsimlanadi.


Endi "Liverpul"ga qaytamiz. Yurgen Klopp jamoasining o'yinlari jonli efirda ko'proq namoyish etilgani uchun "qizillar" "Siti"dan 1,5 mln. funt ko'p pul ishlashdi. Yakunlangan mavsumda "Liverpul"ning 29ta,"Manchester Siti"ning esa 26ta uchrashuvi jonli efirda namoyish etildi ("Manchester Yunayted"da 27ta).1 va 4-band bo'yicha klublar qanchadan daromad olishdi.Ichki TV bozoridagi daromaddan har bir klubga 34,4 mln. funt to'landi. Tashqi TV bozordagi tushgan daromaddan klublar 43,2 mln. funt foyda olishdi.


Reklamadan olingan daromad klublarga 4,96 mln. funtdan bo'lib berildi.Pullardagi farq faqat jonli efir ("Liverpul" - 33,46 mln. funt, "Siti" -30,1 mln. funt) va turnir jadvalidagi o'rnida ("Liverpul" - 36,45 mln. funt, "Siti" - 38,37 mln. funt).Ko'pchilikning aytishicha, APL TV-shartnomadan eng ko'p pul topadigan chempionat ekan. Yevropaning boshqa ligalarichi?

Eng qizig'i mana shu. Yevropaning qolgan TOP-4 liga daromadlarini APL klublarinikiga solishtiramiz.Hamma ligalar APL kabi shaffof emas, ammo etakchi jamoalarning raqamlarini topish mumkin. PSJ va"Yuventus" daromadlari haqida o'zi hisobot beradi. "Bavariya"nikini esa mashhur Kicker jurnali orqali topish mumkin. Ispaniyada esa raqamlar 2019 yilning yanvarida elon qilindi. Muhim eslatma:


Ispaniya, Italiya, Germaniya va Fransiyaning barcha malumotlari 2017/18 mavsumdan olingan, ammo taqdim etiladigan raqamlar joriy mavsumdagidan biroz farq qilishi mumkin.


Demak, "Barselona" va "Real" teledaromad bo'yicha APL jadvalida 7 va 8-o'rinlarni, "Yuventus" 18-o'rinni, "Bavariya" va PSJ esa APLning eng ohirgi jamoasidan ham pastroq o'rinni egallagan bo'lardi.

Bu qachondir yakunlanadimi? Chunki bazilarning aytishicha, APL teleshartnomasi - yorilishi kutilayotgan pufak APLning Buyuk Britaniya ichidagi shartnomasi (2019-2022) 5,4 mlrd. funtdan 5 mlrd. funtga tushdi. Ammo tashqi bozor tufayli hech qanday pasayish kuzatilmadi.


O'rtamiyona jamoalarning yulduzlarni harid qilishi, eng kuchli murabbiylar APL jamoalariga o'tishi va agressiv markenting (birinchi navbatda Osiyoda) - APL daromadlari 30%ga oshishiga olib keldi: yakunlanayotgan chet el shartnomasi 3,1-3,3 mlrd. funt orasida edi, yangisi esa 4,2 mlrd. funtga tuzildi.


Chet el telekompaniyalari tufayli 2019-2022yillar uchun TV-shartnoma summasi (Buyuk Britaniya + jahon) 8%ga oshdi.Chet mamlakatdagi translyasiyalar hozirgi kunda katta ahamiyatga ega bo'lib qoldi. Tashqi bozordan tushadigan pullar telehuquqlardan keladigan mablag'ning 46%ni tashkil qiladi. 2016-2019 yillarda bu raqam 39% edi. 2001-2004 yilda esa 11%. O'sishni juda katta.Tashqi bozor bo'yicha hech bir Yevropa ligasi APLga yaqin kela olmaydi: KPMG hisobotiga ko'ra, LaLiga Ispaniya tashqarisida yiliga 600 mln. funtdan ko'proq oladi, bu esa APLning hozirgi shartnomasining yarmi.


Enders Analysis kompaniyasi vakili Kler Enders "Finansial Times"ning Londondagi konfereciyasida klublarni ehtiyotkorlikka chaqirdi: Tahlilchilar prognoziga ko'ra, APLning keyingi ichki shartnomasidagi narh yana 20%ga pasayadi, shu sababli futbolchilarga to'lanadigan maosh jadvalini nazorat qilish kerak. Bu birinchi navbatda o'rtamiyona jamoalarga tegishli.


Chunki APLning top-klublari maoshlar uchun byudjetning 59%ni sarflaydi, bir daraja past klublar esa 70%dan ko'proq (UYeFA bu ko'rsatkichni 70%dan oshirishni maslahat bermaydi).Aytgancha, APLning tashqi bozori tufayli menejerlar janjal ko'tarishdi. Top-6 klublar ("Siti", MYu, "Liverpul", "Chelsi", "Arsenal" va "Tottenhem")ning fikricha, tashqi bozordan tushadigan pullarni teng bo'lish adolatsizlik.


Chunki Yaponiya"Haddersfild" yoki "Sautgempton" emas balki eng kuchli klublarning o'yinini ko'rish uchun APL translyasiyasini sotib oladi, demak, top-klublar ko'proq daromad olishi lozim. Shartnomada bunday band bo'lishi uchun APL klublarining roziligi kerak, ammo 6ta jamoaning ovozi kamlik qildi.Shunga qaramasdan bitimga o'zgartirish kiritildi. 2019/20 mavsumdan boshlab klublar 3,3 mlrd. funtni teng bo'lib oladi, qolgani esa turnir jadvalidagi o'rniga qarab taqsimlanadi.Shu sababli yangi mavsumda top-6 va liganing qolgan jamoalari o'rtasidagi farq kattaroq bo'ladi: Agar bungacha APLning 1-jamoasi 20-o'rindagidan 1,6 baravar ko'p daromad olgan bo'lsa, endi bu ko'rsatkich 1,8 baravarga etadi.


Manba :Championat Asia
Izoh qoldirish
O'z fikringizni yozib qoldirish uchun profilingizga kiring yoki ro'yxatdan o'ting!
Fikrlar

  zinnur (738)
Toshkent shahri (27.05)

Адмила нимаси бу роза кцни пасти реклама катка каравоти админ

 alemdar (464)
Andijon viloyati (27.05)

Aplning 20ta jamosixam bor qoyil lekin
F

 F-S (3737)
Toshkent shahri (27.05)

Арсенал аплда пасайгани фойдага, мухлисларни кизикишигаям тасир кивоти.

© 2016 - 2024 Fc-arsenal.uz
Контакты