Yangiliklar tasmasi

«Arsenal» futbolchilari rejalashtirgan Mhitaryanni qo'llab-quvvatlash aksiyasi taqiqlangani malum bo'ldi


Muharrir: / Ko'rildi: 4872 marta
«Arsenal» futbolchilari Yevropa ligasi finali oldidan siyosiy sabablar tufayli bu o'yinda qatnasha olmayotgan jamoadoshlari Genrix Mhitaryanni qo'llab-quvvatlash aksiyasini o'tkaza olishmaydi. Bu haqda Daily Mail habar beradi.

Mhitaryanning vatani Armaniston va final mezboni Ozarboyjon o'rtasida tog'li Qorabog' yuzasidan siyosiy ziddiyat mavjudligi sabab u 29 may kuni Bokuda «Chelsi»ga qarshi o'tadigan hal qiluvchi bahsda qatnasha olmayapti.

Malum bo'lishicha, «to'pchilar» futbolchilari Genrixni qo'llab-quvvatlash maqsadida final oldidan mashg'ulotlarga Mhitaryan familiyasi yozilgan futbolkalarda tushishni rejalashtirgan.

UYeFAdagi manbalarning tasdiqlashicha, amaldagi tartib-qoidalarga muvofiq, bu kabi aksiyalar taqiqlangan. Futbolchilar qanday libos kiyishi har qanday sharoitda oldindan kelishilgan bo'lishi talab etiladi. UEFA esa mazkur aksiyani qo'llab-quvvatlamayapti.

Malumot uchun, 30 yoshli yarimhimoyachi avvalroq mazkur musobaqa guruh bosqichidagi «Qorabog'»ga qarshi safar o'yinida ham qatnasha olmagan, 2015 yilda esa Dortmundning «Borussiya» klubi azosi sifatida «Gabala» bilan o'yinni o'tkazib yuborgan edi.

«Arsenal»-«Chelsi» uchrashuvi 29 may kuni Bokudagi «Olimpiya» stadionida bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan payshanbaga o'tar kechasi soat 00:00da boshlanadi

Manba: tribuna.uz
Izoh qoldirish
O'z fikringizni yozib qoldirish uchun profilingizga kiring yoki ro'yxatdan o'ting!
Fikrlar

 Kosonsoy.arsen (47)
Namangan viloyati (28.05)

Bu aksiya notugri

 Kingmesut (168)
Andijon viloyati (27.05)

Adminlar yanglilardan qoshilasaaaaar

 Ibrohim (297)
Toshkent shahri (27.05)

Yomon bulibdi

© 2016 - 2024 Fc-arsenal.uz
Контакты