Londonning “Arsenal” klubi Germaniya Bundesliga jamoasi himoyachisi bilan o'z tarkibini kuchaytirmoqchi. Jurnalist Janluidji Longarining ijtimoiy tarmoqlarda yozishicha, "kanonirlar" etiborini Leverkuzenning "Bayer" klubi himoyachisi Edmond Tapsobga qaratmoqda.
Manbaga ko'ra, "dorishunoslar" o'z futbolchisini 60 million evroga baholamoqda, biroq Mikel Arteta jamoasi Burkina-Faso terma jamoasi futbolchisi uchun bu summani to'lashga tayyor emas. Klublar o'rtasidagi muzokaralar yaqin orada boshlanishi kerak.
O'tgan mavsumda Tapsoba Germaniya chempionatida bitta gol urdi. Futbolchi 2020 yilning qishida "Vitoriya Gimaraysh" jamoasidan “Bayer”ga ko'chib o'tgandi.
Izoh qoldirish
Eslatma:
Mulohaza bildirishda ehtiyotkor va bosiq bo‘lishingizni,
o‘zgalar fikrini hurmat qilishingizni hamda muomala madaniyatiga
rioya etishingizni so‘raymiz. Iltimos, qo‘pol va noloyiq so‘zlarni ishlatishdan tiyiling.
Ushbu shartlarga mos kelmagan mulohazalar o‘chiriladi.