Yangiliklar tasmasi

City ni taslim qilgan “Arsenal” ustozi o’yindan so’ng nimalar dedi


Muharrir: / Ko'rildi: 4645 marta

City_ni_taslim_qilgan_“Arsenal”_ustozi_o’yindan_so’ng_nimalar_dedi
"Arsenal" hamda "Manchester Siti" o'rtasidagi APLning 8-tur o'yinidan (1:0) so'ng "to'pchilar" ustozi Mikel Arteta matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Xursandman. Bu g'alaba kerakli payt, kerakli raqibga qarshi, kerakli futbolchilar bilan sodir bo'ldi. Yaxshi o'yin muhim, ammo ishqibozlarning qo'llab-quvvatlovi ham shart. Bugun katta g'alabaga erishdik.

Ikkinchi taymni juda yaxshi boshladik. Haqiqatdan ham agressiv o'yin ko'rsatdik. O'zgarishlar ham bizga yordam berdi. Gol bo'lgan vaziyatda hammasi yuqori darajada bajarildi.

Biz "Siti"ga ko'plab muammolar taqdim qila oldik. Yigitlarning o'zini tutishi menga yoqyapti.
Bu jamoaga qarshi o'ynash juda qiyin. Emociyalarni nazorat qilish, o'ziga ishonish lozim.

David Rayya bugun juda yaxshi harakat qildi. U to'pni nazorat qilib, yuqoriroq o'ynadi. Menga qo'rqmas futbolchilar yoqadi,

David shundaylardan biri" - deydi "Arsenal" ustozi.
Izoh qoldirish
O'z fikringizni yozib qoldirish uchun profilingizga kiring yoki ro'yxatdan o'ting!

© 2016 - 2023 Fc-arsenal.uz
Контакты