Yangiliklar tasmasi

babayang


Muharrir: / Ko'rildi: 408 marta
babayanni ayblash bilan ish bitmaydi ertaga stadionga kirib Uzbekistonni qo`llab quvvatlash kerak. axir bu butun millat sha`niku.
FKYANGIYER
optimal tarkib diydimi? sen paxtakordamassan MTJ dasan 32 milion xalqdan 18 ta dambaldi yigvoganmisan bittaDenisovni yoqligiga baxona boldimi? nmaga orniga Galiulinni chaqirmading. Bikmaev ozimizga keldik diydimi? orqangga xoda qoqqandan keyin kelasanda ozingga qisqasi oyinga borib asabni buzmaylar
OYABEKAA
Kim borsayam Babayan Out degan Plakat olib boringla iltimos
MESSISURXON
Asosiy maqsad g'alaba bo'lsa demak oldingi o'yinda boshqa mavsad bo'lgan.
FRAYEROK
Kuchada kurib kolganimda basharasiga tupurardim shu horomini
JCh–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi 7-turidan o'rin olgan O'zbekiston – Qatar uchrashuvidan oldin o'tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan va yarimhimoyachi Marat Bikmaev ishtirok etdi.
“Malayziyada qayd etilgan natijalar uchun muhlislar oldida uzr so'rayman. Deyarli barcha o'yinlar g'alaba va mag'lubiyat orasida turadi. Suriya bilan o'yinda qaerdadir men hato ham qilgandirman.
Afsuski, hech qaysi o'yinda optimal tarkibda o'ynay olmayapmiz. Avvalgi o'yinlarda yo'qotishlar bo'ldi. Denisov ertaga maydonga tusha olmaydi. Bundan afsusdamiz. To'htaho'jaev esa sariq kartochka tufayli o'yinni qo'yib yuboradi. Bu guruhda kurash so'nggi turgacha davom etadi, chunki raqiblar ham ochko yo'qotmoqda.
Asosiy maqsadimiz — erataga g'alaba qozonish va shu yo'l orqali JCh–2018 turniriga yo'l olish. Ayni vaqtda eng kuchli tarkibga ega ekanimiz haqidagi so'zlardan qochmayman. Bu haqiqatdan ham shunday. Balki erataga ham istefoga chiqarman. Asosiysi, O'zbekiston terma jamoasi JCh–2018 turniriga yo'l olishi kerak.
Jamoa yahshi o'ynaganda stadion to'ladi. Muhlislarga murojaat qilmoqchiman. Stadionga qancha muhlis kelishidan qati nazar ulardan dalda so'rab qolamiz va bizni qo'llab-quvvatlashlariga umid qilmamiz”, – dedi Samvel Babayan.
“Suriyaga qarshi o'yindan keyin o'zimizga kelib oldik va ertaga g'alaba uchun barcha kuchimizni berishga tayyormiz. Muhlislarni stadionga kelib, qo'llab quvvatlarini so'raymiz”, – dedi Marat Bikmaev.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston – Qatar uchrashuvi ertaga, 28 mart kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida o'tkaziladi. O'yin 18:00 da start olishi rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish
O'z fikringizni yozib qoldirish uchun profilingizga kiring yoki ro'yxatdan o'ting!

© 2016 - 2024 Fc-arsenal.uz
Контакты